// Sardorbek Fayzullayev · dasturchi · kiberxavfsizlik · ustoz

Men veb-platformalar quraman va xavfsizlikni o'rgataman.

Men Sardorbek Fayzullayev, ko'pchilik meni Mayki deb biladi. Mayki Academy asoschisiman. Kodni o'zim yozaman, serverni o'zim ishga tushiraman, darsni o'zim o'taman.

  • stekReact · Node · MariaDB
  • serverLinux VPS · Docker
  • yo'nalishWeb · CTF · Bot
  • tilO'zbek · English

Men haqimda

Men o'quv platformalarini boshidan oxirigacha o'zim yasayman: interfeys, backend, ma'lumotlar bazasi va serverga joylash.

Kiberxavfsizlik bo'yicha o'quvchilar real Linux muhitida mashq qilishi uchun Docker asosida CTF laboratoriyasini qurdim. Har o'quvchiga alohida konteyner beriladi.

Dars berishni ham yoqtiraman. Linux terminalidan boshlab, CTF topshiriqlarini o'zi yaratadigan darajagacha olib boraman.

Loyihalar

01

Mayki Academy

Kurslar, darslar, maqolalar, kitoblar, imtihonlar, chat va admin panel bor o'quv platformasi. Admin paneldan hamma kontent boshqariladi.

ReactViteExpressMariaDB
ishlayapti
02

CTF laboratoriyasi

Brauzerdan ulanadigan Linux mashinalar. Har o'quvchi o'z konteynerida topshiriq yechadi, flag mashina ichidagi tekshiruvchi orqali beriladi. Topshiriqlar CSV orqali import qilinadi.

DockerPythonSSHLinux
ishlayapti
03

CTF generator (mkctf)

Turi va qiyinlik darajasini bersangiz, tayyor CTF topshiriqni o'zi yaratadi: oddiy fayl, symlink, fayl ID, labirint, kalit so'z va boshqalar.

PythonCLI
ishlayapti
04

PdfQuizBot

Telegram test boti. PDF fayldan savollar tuzadi, guruhda o'ynash, 1v1 duel va reyting bor.

Pythonaiogram 3SQLite
ishlayapti

Ko'nikmalar

Frontend

  • React, Vite
  • HTML, CSS
  • Admin panel interfeyslari

Backend

  • Node.js, Express
  • MariaDB, SQLite
  • Python, Telegram botlar

Server va xavfsizlik

  • Linux, Nginx, systemd
  • Docker, SSH
  • CTF, Kali Linux

Ta'lim

Linux va terminal

Fayl tizimi, asosiy buyruqlar va birinchi mashqlar. Hamma narsa amaliyot bilan.

CTF'ga kirish

Topshiriqni o'qish, izlash va yechish yo'li. Oxirida o'quvchi o'z topshirig'ini yaratadi.

student@mayki:~$ ls
check  hujjatlar  yozuvlar
student@mayki:~$ ./check
Barakalla! Flag: MAYKI{...}

Aloqa

Loyiha yoki dars bo'yicha yozing.